Get Mystery Box with random crypto!

#ona_tili KO'CHIRMA GAPLARNI O'ZLASHTIRMA GAPGA | Ona tili va Adabiyot Testlari

#ona_tili

KO'CHIRMA GAPLARNI
O'ZLASHTIRMA GAPGA
AYLANTIRISH

Ko'chirma gap egasi — o'zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga o'zgaradi.

Ko'chirma gap kesimi — o'zlashtirma gapda tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgaradi.

Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so'zi aytdi so'ziga almashtiriladi.

Muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi.

MASALAN:

"Mehmon keldi", — dedi ukam.

1. Ko'chirma gap egasi: mehmon

2. Ko'chirma gap kesimi: keldi

3. Muallif gapi kesimi: dedi

4. Muallif gapi egasi: ukam.


O'zlashtirma gapga aylatirilganda:

Ukam mehmoning kelganini aytdi.

Bu gap quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
1. O'zlashtirma gap egasi: ukam ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan edi )

2. O'zlashtirma gapning qaratqich aniqlovchisi: mehmonning ( ko'chirma gapning egasi bo'lgan edi )

3. O'zlashtirma gapning vositasiz to'ldiruvchisi: kelganini ( ko'chirma gap kesimi bo'lgan edi ) Sabriya

4. O'zlashtirma gapning kesimi: aytdi ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan