Get Mystery Box with random crypto!

TIRE VA QO‘SHTIRNOQNING QO‘LLANISHI Tire dialoglardagi har | Ona tili va Adabiyot Testlari

TIRE VA QO‘SHTIRNOQNING QO‘LLANISHI
Tire dialoglardagi har bir gapning boshida, bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida, uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin, muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida, ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida, zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida ishlatiladi.
Shuningdek, ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida ham undan foydalaniladi.
Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi. Iqtiboslar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kir ma gan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida beriladi. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifoda lovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.

Biz bilan majburiy fanlarni oson 4-5 oyda o'rganing

@maxsus_majburiy_fanlar