Get Mystery Box with random crypto!

Apellatsiya bu nima va qanday tartibda o‘tkaziladi? 27-avgust | O‘zbek tili va adabiyoti

Apellatsiya bu nima va qanday tartibda o‘tkaziladi?

27-avgust kuni test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi.
Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda o‘z shaxsiy kabineti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

U qanday tartibda bo‘lib o‘tadi?

Siz o‘z kabinetingiz orqali ariza berasiz va Sizga qaysi vaqtda DTMga (Toshkentga) yetib kelishingiz ko‘rsatiladi.

Apellatsiya bergandan so‘ng qayta test sinovlari o‘tkaziladimi?

Yo‘q! Apellatsiyada Sizga o‘zingiz yechgan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi beriladi. Agarda savolga yoki bo‘lmasa men to‘g‘ri belgilagan edim, lekin menga ball qo‘shilmagan deb hisoblasangiz, shu fan eksperti oldiga o‘tirasiz hamda o‘zingizni e’tirozingizni ko‘rsatib o‘tasiz.

Agarda, e’tirozingiz haqiqatda o‘rinli bo‘lsa Sizga shu savol uchun ball qo‘shiladi. Ekspert esa o‘z o‘rnida Sizning ushbu savol bo‘yicha e’tirozingizga to‘liq javob beradi.

Yana bir marotaba qaytarib o‘taman, apellatsiya qayta test sinovlarini topshiradi degani emas.

Sardor Radjabov
@Ona_tili_va_adabiyot_N1