Get Mystery Box with random crypto!

SINTAKSIS Söz birikmasining birikish usullari 2 - QISM | ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

SINTAKSIS

Söz birikmasining birikish usullari

2 - QISM

BOSHQARUV – Bunda tobe so‘z hokim so‘zga –ni, -ga, -da, -dan kelishik qo‘shimchalari hamda bilan, uchun, sari, sayin, qadar, singari, tomon, qarab, bo‘ylab, haqida, to‘g‘risida singari ko‘makchilar bilan bog‘lanadi.
M: Kitobni o‘qimoq,
uyga ketmoq,
do‘sti bilan gaplashmoq,
sharoitga ko‘ra yondashmoq,
Ukasi uchun olmoq.
Eslatma!
Testlarda ot boshqaruvi, sifat boshqaruvi, ravish boshqaruvi singari savollar kelishi mumkin.
Bunda so‘z birikmasining boshqaruv turi bo‘lib, hokim so‘z yo ot, yo sifat, yo ravish bo‘lishi kerak.
Ot boshqaruvi –
Do‘stim uchun sovg‘a;
Sifat boshqaruvi –
Hammadan chiroyli, mendan kichik
Ravish boshqauvi –
tovushdan tez, hammasidan ko‘p.

Komila Masharipova
Ko'chirib olish mumkin emas hurmatli admin (ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | KANALI UCHUN MAXSUS