Get Mystery Box with random crypto!

#KOʻP MAʼNOLI QOʻSHIMCHALAR. - li aql + li = aqlli ( ma | ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

#KOʻP MAʼNOLI QOʻSHIMCHALAR.

- li
aql + li = aqlli ( mavjudlik maʼnosida),
yogʻ + li = yogʻli ( ortiqlik maʼnosida),
oʻtirish + li = oʻtirishli ( moslik).

- ma
qovur + ma = qovurma ( harakat natijasi),
bura + ma = burama ( odatdagi xususiyat).

- la
moy + la = moyla (ega holatlik),
randa + la = randala ( vosita).

-chi
chorva + chi = chorvachi (kasbga mansublik),
boʻyoq + chi = boʻyoqchi ( aniq sohaga tegishlilik).

- chilik
paxta + chilik = paxtachilik (soha),
toʻkin + chilik = toʻkinchilik (mavjudlik),
tirik + chilik = tirikchilik (holat).

- dor
ayb + dor = aybdor (mavjudlik maʼnosida),
boʻy + dor = boʻydor (ortiqlik maʼnosida).

no -
no + umid = noumid (ega emaslik),
no + toʻgʻri = noto'g'ri (qarama - qarshilik maʼnosida).

be -
be + g'ubor = beg'ubor (yo'qlik maʼnosida),
be + g'am = beg'am ( kamlik maʼnosida).

- siz
asos + siz = asossiz (ega emaslik maʼnosida),
mador + siz = madorsiz ( kamlik maʼnosida).

- lik
ota + lik = otalik (qarindoshlik),
bola + lik = bolalik (holat),
mudir
+ lik = mudirlik (kasb, hunar).

- sa
kir + sa = kirsa. Qani oʻqishga kirsa (orzu).


Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI