Get Mystery Box with random crypto!

KÒPLIK Ko'plik shakli ko'p ma’noli, atoqli otlar, mavhum otl | ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

KÒPLIK

Ko'plik shakli ko'p ma’noli, atoqli otlar, mavhum otlar, sanalmaydigan otlar, asli birdan ortiq bo'lmaydigan, shuningdek, juft predmet nomiga qo'shilganda grammatik ko'plik emas, nutqiy qurshov bilan bog'liq quyidagi uslubiy ma’nolarni ifodalaydi:

1. Atoqli ot turdosh otga aylanib, “o'xshashlik” (zamonamiz farhodlari, Marg'ilonning kumushlari), yoki “yaqin shaxs todasi” ma’nosini (aka-­uka Shojalilovlar, Salimlarnikiga bordik) bildiradi.

2. Yakka predmet nomi ko'chma (Navoiy, Bobur va Mashrab mumtoz she’riyatimizning so'nmas quyoshlaridandir) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi.

3. Sanalmaydigan predmet nomi (yog', suv, qum, tuproq, havo kabi) har xil tur, mo'llik ma’nosini (yog'lar (paxta yog'i, zig'ir yog'i, kunjut yog'i va hokazo)

4. Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko'zlari qamashib ketdi. Oyoqlari zirqirab og'rir edi) ifodalaydi.

5. Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi: U xayollarga cho'mib ketdi. Ahvollar yaxshimi?

6. Hurmat – bunday paytda doimo egalik shakli ishtiok etadi va ko'plikdan oldin qoshiladi: ayamlar, dadamlar, tog'amlar.

7. Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari, yozlari.

8. Kuchaytirish: Boshlarim og'rib ketdi. Yuraklarim ezilib ketdi. Tillarim achishdi.

9. Piching, kinoya: Tog'alari rais ekanmi? Ozlari ham qadam ranjida qilibdilar­da?!

10. Tur-nav: unlar, suvlar.

@ONA_TILI_TEZKOR | KANALI!

TEST YAKUNLANISHIGA OZ VAQT QOLDI
FAOL BÒLAMIZ