Get Mystery Box with random crypto!

ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi ona_tili_qurbonboyev — ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV O
Telegram kanalining logotibi ona_tili_qurbonboyev — ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV
Kanal manzili: @ona_tili_qurbonboyev
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.34K (04.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot)
Oxirgi post:
Oʻxshash kanallar Telegram
Kanalning ta’rifi

Badiiylikka yo'g'rilgan ilmiylik! Doimo rivojlanishda bo'ling! Admin: @HamidjonKurbanbayev 998903045000 . @HamidjonKurbanbayev

Kanal statistikasi
Faollik darajasi
13.1%
Ko'rishlar / post
1 488
Reaksiyalar / post
9.8
Postlar / kun
6.4

Oxirgi xabar

21 авг 2024
#Esse
Resiklingning foydasi nimada va insonlarning buyumlarni qayta ishlashga eʼtiborlari yetarlimi?
   Har bir insonning toza hududda tiniq suvning boʻyida tabiatdan bahra olgan  holda yashagisi keladi.Ammo bugungi kunda bunday yashash imkoniyati kamayib bormoqda.Buning birdan bir sababi chiqindining haddan ziyod koʻpligidir.Resiklingni qanday foydali tomoni bor?Insonlarning chiqindini qayta ishlashga boʻlgan munosabati qanday?
    Dastlab, chiqindilarni yegʻish va qayta ishlash Amerikada amalga oshirilgan.Bugungi kunga kelib esa dunyoning barcha davlatlarida chiqindi tashlanadigan paligonlar va ularni qayta ishlovchi zavodlar mavjud.Bunday korxonalardan Oʻzbekistonda 200 ga yaqin topiladi.Ekologik jihatdan eng toza hudud Shvetsariya boʻlib,bu davlatda maktabdanoq bolalarga chiqindiga qanday munosabatda boʻlish oʻrgatiladi.Yangi uyga koʻchib oʻtgan odamlarga esa pochta orqali chiqindi yoʻriqnomasi yetkaziladi.80% chiqindining qayta ishlanib,qolganlari mahsus hududga tashlanishi bu davlatning ekologik jihatdan tozaligini taʼminlaydi.Britaniyada esa chiqindini dengizga oqizilishi tabiat va hayvonot olamiga katta zarar yetkazmoqda.Chunki paletelin paketni yegan minglab qushlar va dengiz hayvonlari nobud boʻlmoqda.Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsam,oddiy qogʻoz salfetkaning erishiga 20 yil,paletelin paket uchun 50 yil shisha idishlarga esa 500 yil vaqt ketar ekan.Mana shuning uchun ham koʻplab insonlar chiqindini qayta ishlash tarafdori.Resiklingdan qurilish va roʻzgʻorga kerakli qanchadan qancha mahsulotlar ishlab chiqariladi.Qoʻl yuvish uchun ishlatiladigan oddiygina obidasta ham qayta ishlangan buyumdir.
   Bugungi kunda jamoat joylarida,taʼlim muassasalarida uch xil rangdagi chiqindi qutilari mavjud boʻlib,atrof -muhitni toza saqlashda katta ahamiyatga ega.Qishloqda yashaganim uchun plastik idishlarni va keraksiz temirlarni yegʻib yuradigan mahsus odamlarga beraman.Ular har bir xonadondan shunday chiqindilarni yegʻishtirib ketishadi va odamlar ham ular yana qayta kelguncha shunday ishlatmaydigan buyumlarini toʻplashadi.Bu ularni resiklingga boʻlgan ijobiy munosabatidir.Dono xalqimiz:"Pokliging--sogʻliging" ,--deb bekorga aytmagan.Agarda biz chiqindilarni yoqsak turli nafasyoʻli kasalliklari,suvga oqizsak teri kasalliklari kelib chiqadi.Chiqindining global muammo sanalishi ham, avvalo,tabiatni soʻng, odamlarni asrash maqsadidadir.
     Mening fikrimcha har bir davlat Shveysariyaning strategiyasidan foydalanishi kerak.Bolalarimizga yoshligidan atrof muhitni toza saqlash,ona tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni oʻrgatish darkor.Garbalogiya (chiqindini qayta ishlash usullarini oʻrganadigan fan)ni maktab darsliklari qatoriga qoʻshish kerak.
   Xulosa qiladigan boʻlsak,chiqindi muammosini yechishda ilgʻor davlatlar tajribasini amalga tatbiq etib,7 yoshdan 70  yoshgacha boʻlgan fuqarolarga  bu haqida tushunchalar berish,islohotni keng koʻlamda olib borish zarur.Shundagina ijobiy natijalarga erishish mumkin.

ORIPOVA MOHICHEXRA.

https://t.me/ona_tili_Qurbonboyev
2.5K viewsedited  15:21
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV haqida tez-tez beriladigan savollar

ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV (@ona_tili_qurbonboyev) — Telegram Store katalogiga kiritilgan Telegram kanali. Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasi kanalni Telegram orqali ochadi.
Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasini bosing yoki Telegramda @ona_tili_qurbonboyev ni qidiring. Kanalga hali ham qo'shilish mumkinligini Telegramning o'zi ko'rsatadi.
Telegram Store katalogi bu yozuv va havola uchun haq olmaydi. Kanal bepulmi yoki yo'qmi, buni uning Telegramdagi egasi hal qiladi.
Katalogda ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV uchun 11.34K obunachi ko'rsatilgan (04.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot). Hozirgi soni Telegramda ko'rinadi.
Katalogda ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV tili Oʻzbek tili deb ko'rsatilgan.
Ha, o'xshash kanallar ushbu sahifaning pastroq qismida keltirilgan.
Ushbu sahifada ONA TILI JUDA OSON/HAMID QURBONBOYEV haqidagi katalog ma'lumotlari va kanalga havola bor. Postlarning o'zi Telegramda o'qiladi. «Kanal statistikasi» blokida so'nggi postlar bo'yicha raqamlar ko'rsatilgan.
ONA TILI JUDA OSON/H... avatar
ONA TILI JUDA OSON/H... @ona_tili_qurbonboyev
Telegram'da ochish