Get Mystery Box with random crypto!

TEST TAHLILI 02 . Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq x | ONA TILI JUDA OSON

TEST TAHLILI 02
. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas?
A) Yer don, dehqon xazinabon.
B) Yig'ilishda hech kim na Sa'dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadi.
C) Erkin o'g'lingman, qabul et, O'zbegim jon o'zbegim.
D) Poytaxt bo'lish uchun, avvalambor, poytaxtlik maqomi kerak.

Xatolik mavjud emas –deyilyapti . Demak ,3 ta javob to’g’ri ,1 tasida xatolik yo’q !
A) Yer don, dehqon xazinabon.
Bu yerda tire ishlatilishi kerak edi
Yer -don, dehqon - xazinabon.

B) Yig'ilishda hech kim na Sa'dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadi.

Bu yerda hech kim (umumlashtiruvchi so’z ) dan keyin ikki nuqta ( ;) bo;lishi kerak edi

Yig'ilishda hech kim : na Sa'dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadi

C) Erkin o'g'lingman, qabul et, O'zbegim jon o'zbegim.
Bu yerda O’zbegim so’zidan keyin (undalma) vergul ishlatilishi kerak edi
Erkin o'g'lingman, qabul et, O'zbegim , jon o'zbegim.


D) Poytaxt bo'lish uchun, avvalambor, poytaxtlik maqomi kerak.

Bu javobda xatolik mavjud emas !
To’g’ri javob : D

https://t.me/ona_tili_juda_oson