Get Mystery Box with random crypto!

TEST TAHLILI -1 AVGUST -2022 Qaysi yasama so‘z tarkibidagi | ONA TILI JUDA OSON

TEST TAHLILI -1 AVGUST -2022

Qaysi yasama so‘z tarkibidagi har ikkala qo'shimcha ot va sifat yasovchi qo'shimcha sifatida omonim bo'la oladi?
A) qaqshatqich
B) tinchlik
C) boyit
D) yuzsizlik

Savolni ko’rib tushkunlikka tushmaymiz ! Shunchaki testni bajarishga kirishamiz !
Javoblarga nazar solamiz ,hammasi yasama so’z ekan ! Nega javoblarga qaradik ,birortasi yasama so’z emas tub so’z bo’lganda chiqarib yuborardik-da ! O’xshamay qoldi !

A) qaqshatqich

A -javobning peshonasiga to’pponcha tiraymiz “Qo’shimchalarni chiqar !”
Qaqsha- t -qich
Yaxshi ,yaxshi .Qo’shimchalarga qarab eslaymiz . -t -degich ot yasovchi bormi , t-degich sifat yasovchi bormi ?

Yana eslaymiz : qich -degich ot yasovchi va -qich degich -sifat yasovchi bormi ?

Qisqich ,tutqich -deydi ongimiz . Xo’sh inankeyin-chi ? Misol kelmayaptimi ?
Ko’p o’zimizni urintirmay keying javobga qaraymiz


B) tinchlik
B -javobdagi -tinchlik -so’zi vajohatimizni ko’rib o’z qo’shimchalarini bizga osongina topshiradi

-ch ,-lik

-ch -degan ot yasovchi bor ,mavhum oti yasaydi . -ishonch ,quvonch
-ch -degan sifat yasovchi bor ---tinch

-lik degan ot yasovchi bor -yoshlik , yaxshilik

-lik degan sifat yasovchi bor -qishlik ko’rpa

Biz to’g’ri javobni topdik . Qolgan javoblarni ko’rmaymizmi ? Yo’q ko’rmaymiz .

Morfemika testlarini ishlash uchun minglab qo’shimchalarni yod olish shart emas !
Shunchaki Iyul -2022 kanaliga ulaning ! Morfemikani noldan o’rganing !

Hamid Qurbonboyev

https://t.me/ona_tili_juda_oson