Get Mystery Box with random crypto!

QISQACHA TASVIRIY IFODALAR LUG‘ATI https://t.me/afrosiyob_sav | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿

QISQACHA TASVIRIY IFODALAR LUG‘ATI

https://t.me/afrosiyob_savoljavob

Afsonaviy qush – semurg‘
Afg‘onchi – baynalmilal jangchi
Aloqa vositasi – til
Aql gimnastikasi – shaxmat va matematika
Aqlli mashina – kompyuter
Bahor elchilari – qaldirg‘ochlar
Baraka urug‘i – chigit
Barcha hunarning toji – ilm
Barcha yomonliklar kaliti – aroq
Baxt qushi – Humo
Baxt va shodlik kuychisi – Hamid Olimjon
Bilim bulog‘i – kitob
Binokor – quruvchi
Bog‘cha opa – tarbiyachi
Buyuk hakim – Abu Ali ibn Sino
Dala malikasi – makkajo‘xori
Davlat bolalari – yetimlar
Davlat ustunlari – rahbarlar
Dengiz hokimi – kit
Dunyo tomi – Pomir tog‘i
Futbol qiroli – Pele
Haqiqat qo‘rg‘oni – sud organi
Hayot ko‘zgusi – gazeta
Hayotning birinchi bobi – ona
Hayvonlar podshohi – sher
Ilm zahmatkashlari – olimlar
Ilm o‘chog‘i – maktab
Insonning do‘sti – it
Iste’dod sohiblari – talantli kishilar
Izquvar – tergovchi
Ishq kuychisi – Mashrab
Jufti halol – yor
Kumush choyshab – qor
Kunchiqar mamlakat – Yaponiya
Ko‘kning fonusi – oy
Layli va Majnunlar – sevishganlar
Ma’rifat maskani – kutubxona
Mavjudot sultoni – odam
Mehr bulog‘i – ona suti
Mo‘yqalam sohibi – rassom
Non shahri – Toshkent
Ojiza – ayol
Oltin boshoq – bug‘doy
Oq oltin – paxta
Oq oltin ijodkorlari – paxtakorlar
Oq chashma – sut
Oq chashma sohibalari – sut sog‘uvchilar
Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir
Osoyishtalik posbonlari – ichki ishlar xodimlari
Payg‘ambar yoshi – insonning 63 yoshi
Po‘lat ot – traktor
Po‘lat qush – samolyot
Qahramon ona – 10 va undan ortiq farzandning onasi
Qalam ahli – ijodkorlar
Qalam haqi – gonorar
Qanotli do‘stlar – qushlar
Qora oltin – neft va ko‘mir
Qo‘shiqlar mamlakati – Hindiston
Sahro kemasi – tuya
Salomatlik posbonlari – tibbiyot xodimlari
Samo lochini – uchuvchi
Tangri so‘zi – Qur’on
Umr yo‘ldoshlar – er xotinlar
Vatan posbonlari – askarlar
Yaylov bahodirlari – cho‘ponlar
Yaratgan Egam – Xudo
Yashil qit’a – Avstraliya
Yerning yopinchig‘i – osmon
Yetti xazinaning biri – parranda
Yurtboshi – prezident
Zangori ekran – televizor
Zangori kema – paxta terish mashinasi
Zangori olov – gaz
Zangori shu’la – elektr nuri
Zarshunoslar – pillakorlar
Ziyolilar – ilm kishilari
O‘rmon malikasi – archa
G‘azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy
Charm qo‘lqop ustasi – mashhur bokschi
Charm to‘p ustalari – mashhur futbolchilar
Cho‘l balig‘i – kaltakesak

Kanalimizga ulanish uchun https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob