Get Mystery Box with random crypto!

Nasriy janrlar https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob | 🇺🇿AFROSIYOB EDUCATION 🇺🇿


Nasriy janrlar https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob

Roman

''Roman'' so'zi fransuz tilidan olingan bo'lib, nasriy asar janrini ifodalaydi. Roman inson ruhiyatini jamiyat bilan bog'lab tasvirlovchi yirik epik janr hisoblanadi. U boshqa nasriy janrlar-qissa,hikoyalardan
1) nasr yo'lida yozilganligi;
2)hayotni keng qamrovda ko'rsatganligi;
3)sujeti ko'p tarmoqli bo'lganligi;
4)inson taqdiri va ruhiyati tasvirining ko'lamdorligi;
5)katta hajmiga egaligi bilan farq qiladi.
Romanlar yaratilish shakli, hajmi va mavzusiga ko'ra farqlanadi.
I Shakliga ko'ra:
1.Roman-dilogiya ---umumiy mazmuni,g'oyasi, asosiy qahramonlari, voqealar tizimining o'zaro aloqadorligi, bog'liqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ikki kitobdan iborat ikki mustaqil roman. Masalan, (Cholponning ''Kecha va kunduz'', Mirzakalon Ismoiliyning ''Farg'ona tong otguncha'' (bosh qahramoni- G'ulomjon), Pirumqul Qodirovning ''Yulduzlar mangu yonadi'' ''Avlodlar dovoni'', H. G'ulomning ''Mash'al'' , H.Nu'mon va A. Shorahmedovning ''Ota'' X. To'xtaboyevning ''Sariq devni minib'', ''Sariq devning o'limi''.
2. Roman-tirilogiya-- uch
kitobdan iborat bo'lib, ijtimoiy hayotning katta bir davrini o'z ichiga oladi. Bunday asar undagi qahramonlar hayotini, davrning juda katta qismini voqealar fonida ko'rsatadi.( Said Ahmadning ''Ufq'' (Bosh qahramoni- Ikromjon), Muhammad Alining ''Ulug' saltanat'' (ba'zi manbaalarda roman-tetralogiya. (8-sinf adabiyot) Bosh qahramoni- Temur).
3. Roman-titralogiya---to'rt kitobdan iborat Roman shakli bo'lib, jahon romanchilik tajribasida uchraydi. Masalan, rus adibi V. Katayevning ''Qora dengiz to'lqinlari'', o'zbek adabiyotida Tohir Malikning ''Shaytanat'' romani.
4. Roman- epopeya. Bunda asarning nechta kitobdan iboratligi ahamiyatga ega emas. Misol: Rus adabiyotida Serafimovichning ''Temir oqim''(bu asarga hajmi qissadek keladigan asar deb ta'rif berilgan), L.Tolstoyning ''Urush va tinchlik'', M. Sholoxovning ''Tinch Don'', M. Avezovning ''Abay'', A. Nurpesovning ''Qon va ter'' romanlari.
5. Romanlar turkumi.
II. Yaratilish shakli:
1.Nasriy ( Abdulla Qodiriy ''Otkan kunlar'')
2.She'riy ( Jahon adabiyotidagi dastlabki she'riy roman Bayronning ''Don Juan'', rus adabiyotida Pushkinning ''Yevgeniy Onegin'', o'zbek adabiyotida Murmuhsinning ''Ziyod va adiba'' hisoblanadi).

Eng foydali - AFROSIYOB EDUCATION kanaliga obuna bôling!

Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang.
https://t.me/ona_tili_adabiyot_afrosiyob