Get Mystery Box with random crypto!

ONAM.... Jonim og'riganda sezardi onam, Dardimga darmon bo'l | Ona xaqida sherlar ✔

ONAM....

Jonim og'riganda sezardi onam,
Dardimga darmon bo'lardi onam.
Jonim bolam joning og'rimasin deb
Duolar qilardi mehribon onam!


Dardimni onamdek sezolmas hech kim
Borini onamdek berolmas hech kim.
Hatto beminnat edi bergan mehri ham,
Duolar qilardi mehribon onam!

Onadek mehribon yo'qdur dunyoda,
Onam bilan hayotim edi ziyoda.
YOlg'on dunyo ekan yolg'on ro'yoda
Duolar qilardi mehribon onam.

Onajon mehringiz sog'indim juda,
Siz yo'q yuragim qarang og'rir behuda.
Holimni endi kim so'raydi bunda
Duolar qilardi mehribon onam.


Dunyoda qiz yo'qdir mendayin bahtsiz,
Hatto muhabbat ham ketdiku izsiz.
Qarang kulmas bahtlar ham sizsiz,
Duolari qalqonim mehribon onam.

Farishta

2022. 04. 11. 04:06

@Ona_haqida_sherlar
𝙾𝚝𝚊 𝚘𝚗𝚊𝚜𝚒𝚐𝚊 𝚖𝚎𝚡𝚛𝚒𝚋𝚘𝚗𝚕𝚊𝚛 𝚔𝚊𝚗𝚊𝚕𝚒..!

𝚈𝚊𝚚𝚒𝚗𝚕𝚊𝚛𝚒𝚗𝚐𝚒𝚣𝚐𝚊 𝚞𝚕𝚊𝚜𝚑𝚒𝚗𝚐,

https://www.youtube.com/c/Otaonasigamexribonlar