Get Mystery Box with random crypto!

UYDA ONAM BO‘LMASA. Fayzi ketar katta hovlini, Bir duog‘oy in | Jannatim onam

UYDA ONAM BO‘LMASA.

Fayzi ketar katta hovlini,
Bir duog‘oy inson bo‘lmasa.
Kim ko‘tarar otam ko‘nglini,
Bir kun uyda onam bo‘lmasa.

Mayus tortib qolar ko‘zlar ham,
Hech tatimas shirin so‘zlar ham,
Burishadi silliq yuzlar ham,
Bir kun uyda onam bo‘lmasa.

Bir ovqat ham tayin bo‘lamaydi.
Hech ukamni ko‘ngli to‘lmaydi.
Qiz bolada singlim yiglaydi.
Bir kun uyda onam bo‘lmasa.

Kulib yurgan ko‘zim kulmaydi.
Hatto ishga qo‘lim bormaydi.
Hovlidagi gullar yig‘laydi.
Bir kun uyda onam bo‘lmasa.

Onam qadri boshqacha mutloq,
Uyning ko‘rki onamdir ko‘proq,
Qiyin ekan ishon ey o‘rtoq,
Bir kun uyda onam bo‘lmasa.

Xuvullaydi kotta hovlilar,
Bir fayzi bor inson bo‘lmasa.
Izlab qolar hatto qo‘shnilar,
Bir kun uyda onam bo‘lmasa.


anba: @ona_haqida_sher