Get Mystery Box with random crypto!

Koʻzlarimga termul, gunohlaring toʻkilsin Er shosha-pisha osh | Shoxjahon

Koʻzlarimga termul, gunohlaring toʻkilsin

Er shosha-pisha oshxonada kuymalanayotgan ayolining oldiga keldi:
-Menga qara, koʻzlarimga qara-chi?
Ayol hayron tikildi xojasiga:
-Nima boʻldi, tinchlikmi? Koʻzimga nimadir boʻlibdimi?
Er soʻzsiz termilib turaverdi jufti halolining koʻzlariga. Bir muddat tikilar ekan:
-Alhamdulillah! - dedi er. -Ertalab ogʻir uygʻondim. Hanuz bu ogʻirlik  ezaverdi yelkamni.
"Juftlar bir-biriga muhabbat bilan tikilsalar gunohlari toʻkiladi" degan xadis hayolimga keldi. Yoningga yugurdim. Allohga shukr koʻzlaringga tikilgandim ruhim yengillashdi!
Er shunday deya qanday shoshib kirgan boʻlsa, shunday shoshilib oshxonadan chiqdi-da, yana ishiga bosh shoʻngʻidi...

"Seni jannatda kutaman"