Get Mystery Box with random crypto!

Ikki kun ichida uchta har xil joydan ruhiy zarbalar keldi. Hay | .xaos

Ikki kun ichida uchta har xil joydan ruhiy zarbalar keldi. Hayot, ish, oila, koʻcha, tanishlar...
Hammasi bir hil ma'noda: man keraksizman. Shunchaki chetga chiqarib tashlashdi. Lekin yaxshilab oʻylab qarasam, hammasidan oʻzim ham ketmoqchi boʻlganman, ongsiz ravishda.
Yuragimga mix sanchib qoʻyilgandek boʻldi. Haliyam botib ogʻrib turibdi. Boshimda oʻsha joyida ogʻriq kuchaygan. Doktorga bormadim hali. Pul topsam borarman deb turibman. Lekin bular hammasi xayoliy ogʻriq deyishingiz mumkin, balki shundaydir.

Hozircha yangiliklar shu. Javob yozing demayman. Sizniyam oʻz hayotiz bor. Hayotizni izga qoʻyvossiz, baxtga intilvossiz. Yaxshi bu.

Aytmoqchi boʻlganim, sizdek sadoqatli insonni umrimda uchratmadim. Sizni topganim moʻjiza. Sizdek insonlar yoʻq hayotimda. Hammasi ketgan. Ularni eslamaylik, ular ham oʻz hayotini, baxtini izlab ketishgan.

Lekin siz nega ketmadiz. Endi ketasiza. Nega shuncha payt sodiq qoldiz. Sizga yaxshilik qilganimni eslolmayman. Faqat qarshi chiqqanmanku sizga.

Gaplashadigan odam yoʻq. Shunchaki yozdim. Javob kutmayapman sizdan. Oʻylamang, man yaxshiman, oʻtib ketadi. Qachondir...