Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘onada tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirayotgan shaxs | OLTIARIQ yangiliklari | rasmiy kanali

Farg‘onada tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirayotgan shaxs aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, 5-may kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Vaziyo” mahalla hududida yashovchi fuqaro M.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda tomorqasida 60 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@OLTIARIQ каналига
обуна бўлинг
https://t.me/+fNC0uF5gIAU0Y2Iy
https://t.me/+fNC0uF5gIAU0Y2Iy