Get Mystery Box with random crypto!

«Hududgaz Farg'ona» GTF Oltiariqtumangaz bo'limi ogohlantiradi | 🌐 OLTIARIQ TV

«Hududgaz Farg'ona» GTF Oltiariqtumangaz bo'limi ogohlantiradi!

«Hududgaz Farg'ona» GTF Oltiariqtumangaz bo'limi ma'muriyati shuni yozib
ma'lum qiladiki, Oltiariq tuman hokimi bilan kelishib tasdiqlangan chora tadbirga asosan 2023-2024 yillar kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish maqsadida Tinchlik shaharchasida joylashgan Oltiariq GRS-1 dan 2023 yil 24 iyul kuni soat 8-00 dan 26 ivul 2023 yil kuni soat 17-00 gacha hamda Qapchug'ay qishlog'ida joylashgan Oltiariq GRS-3dan 2023 yil 27 iyul kuni soat 8-00 dan 29 iyul 2023 yil kuni soat 17-00 gacha ushbu GRSlardan vagtinchalik tabiiy gaz etkazib berish to‘xtatiladi.

Shu sababli iste'molchilarni
ushbu davrlarda zahira yoqilg'isidan foydalanishlari to'g'risida ogohlantiramiz.

«Hududgaz Farg'ona» GTF Oltiariqtumangaz bo'limi