Get Mystery Box with random crypto!

Bu shimpanze bratning ismi Kongo, chiroyli ism. 1954-1964-yill | Olot tumani "Zakovat" intellektual klubi

Bu shimpanze bratning ismi Kongo, chiroyli ism. 1954-1964-yillarda yashagan.

Daxshat lekin fakt, u ingliz rassomi bo'lgan.

Zoolog, yozuvchi va surrealist rassom Desmond Morris birinchi marta shimpanzega ikki yoshida qalam va qog'oz taklif qilganida uning qobiliyatlarini sezib qolgan.

To'rt yoshida Kongo 400 ta rasm chizgan.

Daje uning o'z uslubi bo'lgan, lirik abstrakt impressionizm.

Ispan rassomi Pablo Pikasso uning suratlarining “muxlisi” bo‘lgan va suratlaridan birini sovg‘a sifatida olgach, studiyasi devoriga osib qo‘ygan.

2005 yil 20 iyunda Kongo rasmlari Bonhamsdagi kim oshdi savdosiga Renuar va Uorxol asarlari bilan bir qatorda qo'yildi - ular kutilganidan ham qimmatroqqa sotildi, Renuar va Uorxol rasmlari esa sotilmadi. Amerikalik kolleksiyachi Xovard Xong Kongoning uchta asarini $25 000 dan ko'proqqa sotib oldi.

Art i Fact