Get Mystery Box with random crypto!

OLOTLIK O‘QUVCHILAR TA’TILNI SAMARALI O‘TKAZISHMOQDA Qishki | Olot tuman xalq ta'limi bo‘limi

OLOTLIK O‘QUVCHILAR TA’TILNI SAMARALI O‘TKAZISHMOQDA

Qishki ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Olot tumanida ham yanvar oyining dastlabki 10 kunligida o‘quvchilar turli ko‘ngilochar dasturlarga qamrab olinmoqda.

Jumladan, tumandagi ma’naviyat va ma’rifat maskanida konsert dasturi va kinofilmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda 250 nafar o‘quvchilar qamrab olindi. Shuningdek, 200 nafarga yaqin o‘quvchilar Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi.

Tumandagi 6-umumiy o‘rta ta’liim maktabida 35 ta maktablardan saralab olingan futbol jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqalari ham o‘quvchilarning ta’til kayfiyatlarini yanada oshirib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirdi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube