Get Mystery Box with random crypto!

#Hokim qabuli Olot tumani hokimi Nargiza Nematovaning an’anavi | Olot Hayoti (7 kun 24 soat)

#Hokim qabuli
Olot tumani hokimi Nargiza Nematovaning an’anaviy qabuli bo’lib o’tdi. Anomal sovuq havo kunlarida joriy 2023 – yil miqiyosida tashkil qilingan ilk qabul odatdagidek tuman hokimligi binosida bo’lib o’tdi. Unda bir qancha masalalar bilan kelgan fuqarolar murojaati tinglandi.
Jumladan uy-joy, tomorqa uchun yer ajratish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha yer berish hamda bandlik masalalari bilan bog’liq jami 23 ta murojaatlar tinglandi.
Shulardan 10 ga yaqin murojaat o’sha joyning o’zida yechimini topdi. Vaqt va mablag’ talab qilinadigan muammolar inobatga olinib, bu bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklandi.

Telegram  | OLOT TUMANI |