Get Mystery Box with random crypto!

Olotda velosiped o‘g‘risi fosh etildi. Olot tumani Ichki ishl | 🇺🇿 OLOT TUMANI YANGILIKLARI 🇺🇿 ✪

Olotda velosiped o‘g‘risi fosh etildi.

Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, noma’lum shaxs 2022 yilning 6 avgust kuni soat 21:05 larda tumanning Yosh botir mahallasida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan Sh.K. ga tegishli, bahosi 1.300.000 so‘mlik “Belorus” yozuvli velosipedini tuman markazida joylashgan “Shirinbobo” to‘yxonasi oldidan o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni tumanning Jayxunobod mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan voyaga etmagan B.A. sodir qilganligi aniqlangan.

OLOTLIKLAR KANALIGA QO'SHILING

@Olot24_7