Get Mystery Box with random crypto!

​Olmaliq shahar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi Bekzod U | Oлмалиқ ҳаёти | Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

Olmaliq shahar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi Bekzod Umarovning shahar aholisiga murojaati

Respublikamizda davlat va jamiyat rivojiga, xalqning adolatga boʻlgan ishonchiga jiddiy putur  yetkazadigan xavf, yaʼni, korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tizimida fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan idoralararo elektron maʼlumot almashuv asosida pensiya tayinlash tizimiga oʻtish orqali endilikda pensiya tayinlashda fuqarolar emas, balki hujjatlar harakatlanadigan tizim joriy qilish hamda inson omilini keskin qisqartirish natijasida  korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

Bugungi kunda pensiyalarni tayinlash, qayta hisoblash, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasini va moddiy yordam pullarini tayinlash hamda toʻlovlarini amalga oshirish hech qanday toʻlovlarsiz amalga oshirilishini eslatib oʻtaman.

Agar Pensiya jamgʻarmasi Olmaliq shahar boʻlimi xodimlari faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq gʻayriqonuniy xatti-harakatni kuzatsangiz, bu haqda zudlik bilan viloyat Pensiya jamgʻarmasi 95-340-40-18 raqamli “Ishonch telefoni”ga hamda Olmaliq shahar Pensiya jamgʻarmasining 70-614-33-65 raqamli telefoniga maʼlum qilishingizni soʻraymiz.

Kanalga ulanish
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube