Get Mystery Box with random crypto!

#jarayon Xabaringiz bor, dekabr oyining 2-yakshanbasi 'Qishl | Olmaliq matbuoti

#jarayon

Xabaringiz bor, dekabr oyining 2-yakshanbasi "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" sifatida nishonlab kelinadi.

Ushbu sanani OKMK Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi ishchi-xodimlari ham keng nishonlashdi.

Tadbirda qishloq xo'jaligi, mashina traktor parki, sut tovar fermasi mexanizator, traktorchi, dala ishchilari kasb bayrami munosabati bilan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Ularning kelajakda qishloq xo'jaligini yanada ravnaq toptirishda mehnatlariga rivoj tilab, bayram bilan tabriklab qolamiz.

Shaxnoza Xolboyeva,
IMICHB kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

LINK @olmaliq_matbuoti️