Get Mystery Box with random crypto!

#taʼlim #tanqiddan_so‘ng 'Jinoyatchi boʻlganidan koʻra chempi | Olmaliq Hayoti 24

#taʼlim
#tanqiddan_so‘ng

"Jinoyatchi boʻlganidan koʻra chempion boʻlmaydimi?"

Bugun shahrimizdagi maktablar mutasaddilari ishtirokidagi yigʻilishda viloyat hokimi Zoir Mirzayevning tanqidlaridan toʻgʻri xulosa chiqarish, kamchiliklarni bartaraf etishga eʼtibor qaratildi.

Yigʻilish davomida shahardagi har bir maktabning milliy reyting boʻyicha 8 ta yoʻnalishi asosidagi koʻrsatkichlariga alohida toʻxtalindi. Yutuq va kamchiliklar roʻy-rost aytildi. Har bir maktab rahbari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun hisob berdi.

Oʻquvchilar oʻrtasida jinoyat sodir etish holati borligi achinarlidir. Olmaliq shahrida 2022-yilning 9 oyi davomida 10 ta maktabning (1-,6-,8-,11-,14-,17-,19-, 21-,22-,23-maktab) 13 nafar oʻquvchisi tomonidan 8 ta jinoyat sodir etilgan. Bu borada har bir maktab rahbari olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar rejalashtirilib olindi.

@Olmalikhayoti_Olmaliq_Xabarlar24