Get Mystery Box with random crypto!

#bugun Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh     B | Олий Маъҳад | Расмий

#bugun

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh
   
Bugun-Payshanba
4-may, 2023
14-shavvol,1444

Alloh taolo boshlangan kunimizni barchamiz uchun xayrli va barokatli qilsin

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga oʻn marta salavot aytadi va oʻnta xatosini oʻchiradi”, dedilar».

Sharh: Avvalgi hadisda salavot aytgan kishining darajasi oʻn baravar koʻtarilishi aytilgan edi. Bu hadisda oʻnta gunohi kechirilishi ham aytilmoqda.

Bularning hammasi Robbul olaminning ulugʻ marhamatidir. Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini eshitganimizda, oʻzimiz zikr qilganimizda, kitoblarda oʻqiganimizda, namozlardan forigʻ boʻlganimizda, duolarimizning oxirida – doimiy ravishda salavot aytib yurishimiz kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

#hadis #shavvol

t.me/oliymahad – diniy-ma'rifiy kanal !

Oliymahad.uz