Get Mystery Box with random crypto!

#Uchrashuv Toshkent islom institutida Referendum sababli nuf | Олий Маъҳад | Расмий

#Uchrashuv

Toshkent islom institutida Referendum sababli nufuzli mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Yangilanayotgan Konstitutsiya munosabati bilan o’tkazilgan Referendumda ishtirok etishgan xorijlik kuzatuvchilar “Turkeston-Amerika Uyushmasi” Prezidenti Abdulla Xodja hamda Abu Dabi ijtimoiy maslahatchisi, Abu Dabi Xalqaro madaniy aloqa markazining asoschisi va raisi Muxamed Kamil Moxamed Ali al – Muaini Toshkent islom institutida bo’lishdi.

Nufuzli mehmonlarni Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov kutib oldi. Shundan so’ng Abdulla Xodja, Muxamed Kamil Moxamed Ali al–Muaini Toshkent islom institut faoliyati bilan tanishdi. Nufuzli mehmonlar yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayonini alohida e’tirof etishdi.

t.me/oliymahad – диний-маърифий канал!