Get Mystery Box with random crypto!

#bugun Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh     B | Олий Маъҳад | Расмий

#bugun

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh
   
Bugun-Payshanba
20-aprel, 2023
29-ramazon,1444

Ibodatingiz va tutgan ro'zangizni Allohning O'zi husni maqbul aylasin


Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ijobat qilinishi eng tez boʻlgan duo gʻoyibning gʻoyibga qilgan duosidir”, dedilar».

Sharh: Bir-birini koʻrmay turib, birodarining haqqiga gʻoyibdan qilingan duo duolar ichida eng tez ijobat boʻladigani ekan. Shuning uchun hammamiz bir-birimizning haqqimizga gʻoyibdan duo qilib turishimiz kerak ekan. Bu juda lozim va lobud narsadir, chunki duo moʻminlarning silohi, qurolidir.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

#hadis #ramazon

t.me/oliymahad – diniy-ma'rifiy kanal !

Oliymahad.uz