Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonlik tiktoker AQSHda talabaga aylanibdi 'O‘zbekisto | Oliygoh.uz | rasmiy

O‘zbekistonlik tiktoker AQSHda talabaga aylanibdi

"O‘zbekistonlik Students" loyihasi AQSHdagi mavsumida tiktoker Javohir Shermuhammatov qahramonlardan biri bo‘libdi. U ayni vaqtda California State University talabasi ekan. Shuningdek, George Washington University talabasi Amira Asqarova ham qahramonlardan biri bo‘lgan. Bu safar boshlovchi sifatida faqat Temur Alixonov qatnashibdi.

Juda аjoyib chiqibdi. Albatta tomosha qiling!

Loyiha Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida suratga olingan. Uning hamkorlari — Ucell mobil operatori va Chevrolet Uzbekistan brendi. Loyiha qanoti esa Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi.

Filmni Uzbekistan's Club YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin!