Get Mystery Box with random crypto!

​#Ta’lim_forumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus | Oliygoh.uz | rasmiy

​#Ta’lim_forumi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning forumdagi nutqidan:

– Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi universitetlarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 12 tasi 2018-2021-yillarda ochilgan. Mazkur filiallarda mamlakatimizning 6 ming nafardan ortiq talabasi tahsil olmoqda. Biz Rossiyaning yetakchi universitetlariga respublika uchun turli sohalarda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hozirda birgalikda kadrlarni samarali tayyorlash oliy ta'limning ko'plab ta'lim dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Joriy 2021/2022-oʻquv yilida mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha qabul kvotasi 4530 nafarni tashkil etdi. Bunda 2019-yilga nisbatan kvotalar hajmi sezilarli darajada 150 foizga oshganini alohida qayd etib o‘tish lozim. Bu ko‘rsatkichlar hamkorligimizning yuqori sur’ati va hajmidan dalolat beradi. Albatta, bu hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun tomonlarimiz ajoyib istiqbolga ega.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar