Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovlari yakunlari bo‘yicha ovozli chat Ertaga, 24-se | Oliygoh.uz | rasmiy

Test sinovlari yakunlari bo‘yicha ovozli chat

Ertaga, 24-sentabr kuni soat 19:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etadi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
apellatsiya jarayonlari va boshqalar.

Mazkur mavzular bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni @ovozli_chat_uchun_savollar_bot telegram botiga yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar