Akademik litseylarga hujjat topshirganlar kirish imtihonida nechta fandan test topshiradi? JAVOB: Joriy o‘quv yili kirish imtihonlarida test topshiruvchilar uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga
mos ikkita fan bo‘yicha 20 tadan (
jami 40 ta) hamda o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha
20 ta (jami 60 ta) test topshiriqlari bajarilishi belgilangan.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –
146 ball:
— 1- va 2- fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan
(jami 124 ball);
— IQni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (
jami 22 ball) beriladi.
Oliygoh.uz telegram kanallari O‘zbekcha | Русская | Grantlar