O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akad | Oliygoh.uz | rasmiy
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kirish test sinovlari
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.
Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;
Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;
Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;
Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);
Navoiy viloyati – “Kimyogar” o‘yingohi;
Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor).
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tarqatiladi.
🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali. - Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!. • Aloqa: @oliygoh_edubot. • Reklama: @oliygoh_admin. Hamkorlik: @talim_reklamalari...