Get Mystery Box with random crypto!

OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi oliy_talim_muassasalari — OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿 O
Telegram kanalining logotibi oliy_talim_muassasalari — OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿
Kanal manzili: @oliy_talim_muassasalari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.73K
Kanalning ta’rifi

Oliygohlar va OTM yangiliklari uchun yaratilgan O'zbekistondagi yagona kanal.
Sizdan 1ta vazifa kanalni yaqinlaringizga tafsiya qilish.
📢 Ma'lumotlar 100% ishonchlidir✔
👤👉 murojaat uchun: @azim_joraqulov
.
.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-21 19:46:37 Расман! Тестнинг охирги куни натижалари эълон қилинди

2022 йил 20 август куни олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш учун ўтказилган тест синови натижалари эълон қилинди.

Қуйидаги telegram ботларга Абитуриент рухсатномасининг қуйи қисмидаги QR-код (натижани кўриш учун ҳавола) ни сканер қилган ҳолда

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Davlat Test Markazi

https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
1.7K viewsㅤㅤㅤㅤ ㅤ ㅤㅤㅤㅤ ㅤ, edited  16:46
Ochish/sharhlash
2021-02-13 21:31:50 Xorijiy oliy taʼlim muassasasi diplomi Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerak?

Konsalting firma vakillari xorijiy universitetlarga hech qanday imtihonsiz, faqat pul toʻlagan holda masofaviy yoki sirtqi oʻqishni taklif etishmoqda. Firma vakillari birinchi kursdan soʻng hech qanday imtihonsiz oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirishim mumkinligi yoki oʻqishni tugatgach diplomim Oʻzbekistonda imtihonsiz tan olinishini taʼkidlashmoqda. Ularni gapiga ishonsam boʻladimi? Degan mazmundagi savollar koʻplab uchramoqda. Ushbu savollarga javob quyidagicha:

Hozirgi paytda ayrim jismoniy shaxslar hamda konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish boʻyicha yoshlarimiz orasida targʻibot tashviqot ishlarini olib borishmoqda.

Sizga taklif etilayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkiloti diplomi Oʻzbekistonda tan olinishini uchun quyidagilarga eʼtibor qarating:

Avvalo, oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beruvchi hujjati (litsenziyasi) bor-yoʻqligini tekshirish lozim.

Keyingi eng muhim talab esa taʼlim muassasasi berayotgan hujjat yaʼni diplom oʻzi joylashgan mamlakat hududida tan olinishi bilan bogʻliq. Buning uchun esa oliy taʼlim muassasasi va uning taʼlim dasturlari vakolatli organlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilganini tekshirib koʻring.

Bundan tashqari, talabgor tanlagan OTMning oʻqitish shakli va taʼlim dasturlari Oʻzbekiston qonunchiligiga mos kelishini oʻrganishi kerak. Masalan, amaldagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, bakalavriat kamida 4 yil, sirtqi taʼlim kamida 5 yil, magistratura esa kamida 2 yil muddat qilib belgilangan.

Shuningdek, pandemiya sababli yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlari masofaviy shaklda tashkil etilgani niqobi ostida koʻplab konsalting tashkilotlari oʻz reklamalarida “diplomi Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi” kabi asoslanmagan maʼlumotlar bilan masofadan taʼlim beradigan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini targʻibot qilishmoqda.

Bu esa respublikamiz fuqarolariga notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishiga va mazkur tarzda oʻqib olingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida bugungi kunda amaldagi qonunchilikka muvofiq tan olinmasligiga olib keladi hamda fuqarolarning eʼtirozlariga sabab boʻladi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Yuqoridagi tavsiyalarga asosan Sizga taklif qilinayotgan oliygoh haqidagi maʼlumotlarni yaxshilab oʻrganib keyin qaror qabul qiling.

Oʻzingiz va farzandlaringiz umrini va mablagʻlaringizni besamar sarflamang.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
454 viewsedited  18:31
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:17:09 Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi

Hukumatning tegishli qaroriga (№646, 12.10.2020y) binoan, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.

Bunda “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkilotining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

xalqaro e’tirof etilgan ta’lim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;

umumiy o‘rta ta’limda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar sifatini tizimli baholash uchun nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish;

ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish;

O‘zbekiston ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga ko‘ra saralash, qabul qilish va yakuniy imtihonlarni o‘tkazish;

ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi ta’lim lisenziyalari va sertifikatlarini joriy etish.

Mazkur tashkilotni tuzish taklifi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Adliya vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadigan xalqaro ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
807 viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:42:15Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universiteti ochiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, Kogon tumanida tashkil etiladigan universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilinadi.
Universitet granti asosida o‘qishga tavsiya qilinadigan mazkur toifadagi abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi.

Bundan tashqari, universitetda bakalavriat bosqichi uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
— O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
— Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili);
— Psixologiya (yuridik psixologiya);
— Psixologiya (sport psixologiyasi);
— Psixologiya (amaliy psixologiya);
— Psixologiya (oila psixologiyasi).

Shuningdek, magistratura bosqichi uchun esa quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti;
— Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti;
— Lingvistika: rus tili;
— Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
— Psixologiya (yuridik psixologiya).

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda to‘lov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda muassis tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda lisenziya berilganidan so‘ng boshlanadi.

https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
1.9K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:54:44
​​ Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy ta'lim muassasalarining rektorlarga: «... yuring, tomga chiqing, yerto'laga tushing, yotoqxonaga kiring. Kim sizning qo'lingizni ushlab turibdi yotoqxonalarga o'ntalab kirmashina qo'yib berishga, kim yo'lingizni to'syapti bir qop kir yuvadigan “poroshok” olib kelib talabaga berishga?! Ha, u (talabalar nazarda tutilmoqda — tahr.) 80 million to'layapti-ku, u 46 million to'layapti-ku, kamiyam 10 million to'layapti-ku! O'zining puliga o'ziga sharoit qilish kerak-da!»


Kanalga ulanish:
https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2.2K viewsedited  14:54
Ochish/sharhlash
2021-02-10 22:16:21
Олий таълим вазири Абдуқодир Тошқулов гул беришга жалб қилинадиган талаба қизлар бўйича муносабат билдирибди:

«Энг ёмон кўрганим шу, хориждаги меҳмонларни кутиб олиш (фон) учун нега менинг гул қизларим гул кўтариб чиқиши керак? У ерга ҳам ўзингизнинг фарзандингизни қўйиб кўринг. Бу бўйича алоҳида буйруқ қиламиз. Буни мажбурий меҳнатга тенглаштирамиз. Бу мажбурий меҳнатнинг бир кўриниши. Яъни у қизлар хоҳлаб бораётгани йўқ. Совуқда, дарсдан чиқиб, тўгаракка бориш керак бўлган вақт ёки дам олиш вақти адрас кўйлакни кийиб, гул кўтариб бориш қайси қизга ёқади? Бўлмаган нарса у. Таржимон бўлса тушунаман, туризмда ўқиса тушунаман.

Стадионни тўлдириш учун ҳам талаба, фон учун ҳам талаба, фестиваль бўлса ҳам талаба... Ҳамма жой ҳуқуқий қолипга тушиши шарт. Талаба ўқиши керак. Керак бўлса тўйиб ухлаши керак, талабанинг шахсий ҳаётига аралашишга ҳаққимиз йўқ».


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2.4K viewsedited  19:16
Ochish/sharhlash
2021-02-10 10:24:20
Abituriyentlari o‘qishga kirish bo‘yicha eng past natija ko‘rsatgan 10 ta tuman

Foto: Maʼrifat gazetasi

Kanalga ulanish:
https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
3.0K viewsedited  07:24
Ochish/sharhlash
2021-02-10 10:24:20
Abituriyentlari o‘qishga kirish bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan hududlar o‘nligi ekan

Foto: Maʼrifat gazetasi

Kanalga ulanish:
https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2.7K viewsedited  07:24
Ochish/sharhlash
2021-02-10 09:06:34
AQSHdan 27 nafar o‘qituvchi Oʻzbekistonda ishlash uchun keldi

Ular O‘zbekistondagi maktablar va oliy o‘quv yurtlarida dars beradi.

Shuningdek, o‘rta maktablardagi ingliz tili o‘qituvchilarining malaka oshirishiga ko‘maklashadi.

https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2.4K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2021-02-09 16:59:20
Олий таълим вазири Абдуқодир Тошқулов гул беришга жалб қилинадиган талаба қизлар бўйича муносабат билдирибди:

«Энг ёмон кўрганим шу, хориждаги меҳмонларни кутиб олиш (фон) учун нега менинг гул қизларим гул кўтариб чиқиши керак? У ерга ҳам ўзингизнинг фарзандингизни қўйиб кўринг. Бу бўйича алоҳида буйруқ қиламиз. Буни мажбурий меҳнатга тенглаштирамиз. Бу мажбурий меҳнатнинг бир кўриниши. Яъни у қизлар хоҳлаб бораётгани йўқ. Совуқда, дарсдан чиқиб, тўгаракка бориш керак бўлган вақт ёки дам олиш вақти адрас кўйлакни кийиб, гул кўтариб бориш қайси қизга ёқади? Бўлмаган нарса у. Таржимон бўлса тушунаман, туризмда ўқиса тушунаман.

Стадионни тўлдириш учун ҳам талаба, фон учун ҳам талаба, фестиваль бўлса ҳам талаба... Ҳамма жой ҳуқуқий қолипга тушиши шарт. Талаба ўқиши керак. Керак бўлса тўйиб ухлаши керак, талабанинг шахсий ҳаётига аралашишга ҳаққимиз йўқ».


https://t.me/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2.8K viewsedited  13:59
Ochish/sharhlash