Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy t | OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.
Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.
Oliygohlar va OTM yangiliklari uchun yaratilgan O'zbekistondagi yagona kanal. Sizdan 1ta vazifa kanalni yaqinlaringizga tafsiya qilish. 📢 Ma'lumotlar 100% ishonchlidir✔. 👤👉 murojaat uchun: ...