Get Mystery Box with random crypto!

Opa, ona boʻlolmading, onamdan keyin, Yukundim, yugurdim, chop | Olis manzillar



Opa, ona boʻlolmading, onamdan keyin,
Yukundim, yugurdim, chopdim yoningga.
Sen esa roʻzgʻorning loyiga botding,
Oʻz bolalaring jon boʻldi, joningga.

Garchi, mehribonsan, beadad, behad,,
Menga tikan kirsa, jonlaring xalak.
Qush sayrasa, nogaxon, ukam kelar deb,
Jizzali non yopib, kutarsan ilhaq.

Aka, ota boʻlolmading, otamdan keyin,
Izladim, boʻzladim, yoningga chopdim.
Sen esa, roʻzgʻorim, oʻgʻlim, qizim deb,
Soʻrab borsam, doim mehnatdan topdim.

Garchi, qalqonimsan, temirday qoʻrgʻon,
Shaʼnimga himoyat, qilichning dami.
Yaqin kel,suyanchim – uzoqdagi togʻ,
Sen borsan, hech gapmas, dunyoning gʻami.

Mayli, bu taʼnamas, ming bora uzr,
Yuragim oʻrtandi, oʻkindim bir oz.
Men-da, ugil boʻlmadim, ikkingizga ham,
Otamni, Onamni sogʻindim xolos…