Get Mystery Box with random crypto!

Man yorimni yaxshi bilaman Bu fikrimga qarshi, bilaman O'nta o | Olis manzillar

Man yorimni yaxshi bilaman
Bu fikrimga qarshi, bilaman
O'nta o'g'il tug'ib bersada
Man onamni yaxshi ko'raman!

Bu so'zimdan yig'lashi aniq
YUragida bo'ladi og'riq
Haq so'z doim shundayin achchiq
Man onamni yaxshi ko'raman!

Baxtga to'lgan xush damlardan ham
Opa -aka jigarlardan ham
Oshiq bo'lgan dadamlardan ham
Man onamni yaxshi ko'raman!

Qaro -qaro ko'zlarni emas
Oydan go'zal yuzlarni emas
YAxshi-yomon qizlarni emas
Man onamni yaxshi ko'raman!

Mani deya ming azob yutgan
Og'rib qolsam o'zin unutgan
Oshlar qilib og'zimga tutgan
Man onamni yaxshi ko'raman!

Telba yurak sevmayin qursin
Go'zal qizlar bir chetta tursin
Kelib onam poyini o'psin
Man onamni yaxshi ko'raman!

G'am kelganda yongan chirog'im
Izlab borsam mehr bulog'im
Ko'zim nuri yolg'iz ardog'im
Man onamni yaxshi ko'raman !

Sal ozgina erkalik qilay
Qirq yoshimda erkaklik qilay
Ko'nglimdagi borini aytay
Man onamni yaxshi ko'raman!

YOrdan kechish naqadar oson
Yerga qulab tushsa ham osmon
Telbalar deng mayli qadrdon
Man onamni yaxshi ko'raman!

Yo'ldan urdi demang qaysi jin!?
Bo'lsalarda yuzlari ajin
YOshi o'tib qarigan sayin
Man onamni yaxshi ko'raman!

Avazbek Xudaydatov