Get Mystery Box with random crypto!

Yillar o'tib keldi bu kun Shamoldayin yeldi bu kun Aytish mus | ➤꯭ͨ͢🌴꯭҈҉͢🥀𝔻𝕀ℕ𝕆ℝ𝔸🍃꯭҉҈͢🌺꯭҉҈͢

Yillar o'tib keldi bu kun
Shamoldayin yeldi bu kun
Aytish mushkul lekin bugun
Xayr endi sinfdosh qiz

Ahil bo'ldik sizlar bilan
Sirdosh bo'ldik sizlar bilan
Mana so'nggi izlar bilan
Xayr endi sinfdosh qiz

Soching tortib qocholmayman
Daftaringni ocholmaymam
Suvlar sepib qocholmayman
Xayr endi sinfdish qiz

Sirim hechham sotmagansiz
Ustozlarlarga sotmagansiz
Ustumdanham qotmagamsiz
Xayr endi sinfdosh qiz

Singlim deymi yoki opam
Yo uzoq yillik hamxonam
Ko'zlaring hech bo'lmasin nam
Xayr endi sinfdosh qiz

Yaxshi yomon kunlar bo'ldi
Kimdan kimni ko'ngli so'ldi
Xayrlashuv vaqti bo'ldi
Xayr endi sinfdosh qiz

Har biringiz baxtli bo'ling
Oila qurib axtli bo'ling
Chiroyli bir taxtli bo'ling
Xayr endi sinfdosh qiz