Get Mystery Box with random crypto!

Shahrisabz «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga oʻq | OLIMPIADALAR

Shahrisabz «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq,  Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi”da oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi.

Nomzodlarni saralash tartibi :

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga joriy yilda umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan, erkak jinsli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.
Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.

                                    
Nomzodlar uchun dastlabki tanlash “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyidagi Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda  1-apreldan 30-aprelga qadar oʻtkaziladi.

Bizni_kuzatib_boring:
https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal