Get Mystery Box with random crypto!

ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II (TUMAN) BOSQICHI IKKINCHI GURUH | OLIMPIADALAR

ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II (TUMAN) BOSQICHI
IKKINCHI GURUH FANLARI TARTIBI BILAN TANISHING

Olimpiada birinchi guruh fanlari 1 turda ya’ni test sinovlari shaklida tashkil qilinadi. Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi.

10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan;
10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan;
10 tasi murakkab darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2.6 ball bilan baholanadi, 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

Test natijalariga ko‘ra, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

olympiad.uzedu.uz

@olimpiadalar