Get Mystery Box with random crypto!

ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting va Yevropa olimpiadasi | Fan olimpiadalari

ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting va Yevropa olimpiadasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiriting!

20 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash va muammolarni hal qilishga ishtiyoqi baland qizlarni “ICT4Girls” sport dasturlash olimpiadasida ishtirok etishga chaqiramiz.

1-bosqich - Hududiy bosqich: Berilgan topshiriqlar to‘plamidagi masalalarni ishlab, yuqori ball to'plagan birinchi 5 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo'llanma oladi.

2-bosqich - Respublika bosqichi: Yuqori ball to‘plagan birinchi 12 nafar ishtirokchi ICT4Girls olimpiadasi g'olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi. 

Bonus: Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g'oliblari uchun sport dasturlash bo'yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so'ngida saralangan 4 nafar qiz 21-27-iyul kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika fani bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI)da O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.

ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 2-iyungacha ro'yxatdan o’ting

Sayt Telegram Facebook
Instagram YouTube Linkedin