Get Mystery Box with random crypto!

Eron Geometriya olimpiadasi. Joriy yilning 16-oktabr kuni E | Fan olimpiadalari

Eron Geometriya olimpiadasi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Eron geometriya olimpiadasida onlayn tarzda ishtirok etdilar. Ushbu olimpiadada 67 ta davlat o‘quvchilari ishtirok etgan bo‘lib 4 xil yosh kategoriyasida o‘tkaziladi:

7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida;
9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida;
11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida;
Ixtiyoriy 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida.

Barcha kategoriyalar bo‘yicha ishtirokchilarga 5 ta har xil qiyinlikdagi masala berilib topshiriqlarni bajarish uchun 270 minut vaqt taqdim etildi.

2022-yilda yuqoridagi kategoriyalar bo‘yicha jami 202 nafar ishtirokchi qatnashgan edi. Ishtirokchilarga olimpiada tashkil etiladigan kunidan oldin o‘tgan yilgi masalalar bo‘yicha darslar onlayn tashkillashtirib berildi.
Qabul qilingan ishlar tekshirilib 2022-yil 8-noyabr kuni Eron geometriya olimpiadasining tashkiliy qo‘mitasiga yuborildi.

Ayni damda tashkiliy qo‘mita tomonidan natijalar umumlashtirilmoqda va tez kunlarda natijalar Eron geometriya olimpiadasi rasmiy kanallari yoki veb sahifasida e'lon qilinadi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep