Get Mystery Box with random crypto!

O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASIGA START BERILDI Oʻzbekiston Respubl | Fan olimpiadalari

O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASIGA START BERILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, shuningdek, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fan olimpiadalari bo‘yicha trener o‘qituvchilar bazasini ьshakllantirish va ular sonini ko‘paytirish, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalari metodologiyasini ommalashtirish, ta’lim sohasida fan olimpiadalarida ishtirok etish madaniyati va tartib-qoidalarini targ‘ib qilish hamda iqtidorli o‘quvchilarning chuqurlashtirilgan bilim olishlari maqsadida o‘qituvchilar o'rtasida (matematika, fizika, kimyo, biologiya) fanlaridan olimpiada tashkil etilgan.

Ushbu olimpiadaning saralash bosqichida jami 8000 nafardan ortiq o'qituvchilar ishtirok etishdi. Bugun saralash bosqichda g‘olib bo‘lgan o'qituvchilar olimpiadaning viloyat bosqichida ishtirok etishmoqda.

Olimpiadaning viloyat bosqichida jami 260 nafar o'qituvchilar qatnashib, har bir fan bo'yicha g'olib bo'lgan 3 nafardan o'qituvchilar olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishadi.
Jarayon 2.5 soat davom etadi.

Olimpiada jarayonlarini quyidagi havola yordamida jonli kuzatishingiz mumkin
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=838535920835909&id=100051296118900