Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #akademik_litsey Akademik litseylarga qabul 10-iy | BIOLOGIYA OLIMPIADA MAKTABI

#Qabul2022
#akademik_litsey

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar
10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.

Bizni kuzating: @eduuz