Get Mystery Box with random crypto!

#Muhabbat Er-xotin o‘rtasida muhabbat hosil qiluvchi omillard | ❤️ OILAVIY ❤️

#Muhabbat

Er-xotin o‘rtasida muhabbat hosil qiluvchi omillardan biri o‘zaro salomni keng yoyishdir. Ya’ni juftingiz bilan har gal ko‘rishganda, telefonda gaplashganda salom beravering. Bunda ayol kishi birinchi salom berishi kerak deb erkak o‘zini tiyib turishi kerak emas. Birinchi bo‘lib salom bergan kishi ko‘proq ajrga ega bo‘ladi, shu bilan birga, suhbatdoshining muhabbatini ham ko‘proq qozonadi. Zotan, salom berish tinchlik-omonlik tilashdir. Sizga tez-tez tinchlik-omonlik tilab turgan kishiga muhabbat qilmaysizmi?
Birinchi bo‘lib salom berish kibrni ham o‘ldiradi. Bu esa oilada muhabbat ziyoda bo‘lishi uchun zaruriy omillardandir.
Salom bergan kishiga alik olinadi. Salom berishning eng kami «Assalomu alaykum» bo‘lib, alik olishning eng kami «Va alaykum assalom»dir. Bularning har biri uchun o‘ntadan savob va’da qilingan. Har ikkisida ham ziyoda qilgan sari savob ziyoda bo‘lib boraveradi. Va, albatta, muhabbat ham ziyoda bo‘lib boraveradi.

Hubbuna

@Oilaviy_kanal_tg — baxtli juftliklar sahifasi