Get Mystery Box with random crypto!

​ 'Er avliyo emas' deganlar uchun ikki og‘iz gapirmoqchi edim: | ❤️ OILAVIY ❤️


"Er avliyo emas" deganlar uchun ikki og‘iz gapirmoqchi edim:

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Menga shunday imkoniyat berilganda, ayollarni erlariga sajda qildirar edim" deganlar. Bu hammamiz biladigan o‘sha mashhur hadis.

Yana bir hadis: "Agar ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, ramazonda ro‘zasini tutsa, farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga jannatning istalgan eshigidan kir deyiladi".

Alloh taolo aytadi:

«Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, so‘ng (ya'ni nasihatlaring kor qilmasa), ularni yotoqlarda tark qilingiz, (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang) so‘ngra (ya'ni shunda ham sizlarga bo‘yinsunmasalar), uringlar! Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo‘lgan zotdir» (Niso surasi, 34).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taboraka va taolo eriga noshukrlik qiladigan xotinga qaramaydi. Holbuki, u eridan behojat emas» (Nasoiy, Bazzor rivoyati).

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi ayol vafot etsa-yu eri undan rozi bo‘lsa, jannatga kiradi» (Ibn Moja, Termiziy rivoyati).

Sizga shular yetsin. Erga itoat qilish vojib. Shuni unutmang!

Men bu gaplar bilan erni avliyo demoqchimasman. Shunchaki, erning o‘rni qanday darajada ekanligini eslatdim, xolos.

Hubbuna

@Oilaviy_kanal_tg — baxtli juftliklar sahifasi