Get Mystery Box with random crypto!

AJAB BOʻPTI Sizni tashlab ketishti-mi? Sizni aldab ketishti- | ОИЛАМ БАХТИМ❤️|OILAM BAXTIM 💕

AJAB BOʻPTI
Sizni tashlab ketishti-mi?
Sizni aldab ketishti-mi?
Kechirmayman endi sizni!
Qaysar boʻlsam: ajab boʻpti

Sizga asli bular ham kam,
Yana koʻproq koʻring alam,
Endi sizni sevolmayman,
Oʻjar boʻlsam: ajab boʻpti

Ketsanggiz gar, ketavering,
Oʻzgasini topavering,
Mendan butkul kechavering,
Zahar boʻlsam: ajab boʻpti

Boring endi katta koʻcha,
Qora asfalt, qaro kecha,
"Battar boʻling" deyman ancha,
Erka boʻlsam: ajab boʻpti

Mendan battar qizni toping,
Siz ham biroz azob toting,
Alaminggiz ichga yuting,
Eshitmayman: ajab boʻpti

Sizdan boshqa yor topaman,
Baxtimga men shod yetaman,
Mensiz baxtsiz boʻlsanggiz ham,
Achinmayman: ajab boʻpti

Bezbetlarcha qaytmang endi,
Yolgʻon soʻzlar aytmang endi,
Hafa boʻlish sizga endi,
Hursand boʻlsam: ajab boʻpti

Kulib yursam: nima bo'pti?
Baxtli boʻlsam: nima boʻpti?
Meni oʻzi tushundiz- mi?
Tushunmasayiz
AJAB BOʻPTI

Албатта якинларингизга улашинг

ОИЛАМ БАХТИМ➜OILAM BAXTIM

Каналимизга обуна бўлинг

•┈•┈•┈•❁ ❁•┈•┈•