Get Mystery Box with random crypto!

Men o‘qimishli ayolning o‘qimagan erkak bilan turmush qurishi | ОИЛАМ БАХТИМ❤️|OILAM BAXTIM 💕

Men o‘qimishli ayolning o‘qimagan erkak bilan turmush qurishi katta xato deb o‘ylardim. Ulg‘aydim...

Tillaga burkangan, eng qimmat atirlar ishlatadigan doktor ayolning o‘qimishli, doim ish bilan band turmush o‘rtog‘idan bir og‘iz shirin so‘z kutib umri o‘tayotganini ko‘rdim.

Muhandis o‘z o‘g‘lini maktabning eshigi oldida hashamatli, qimmabaho moshnasida kutardi. Lekin moshinasidan tushib, farzandini bag‘riga bosishni, unga eshikni ochib berishni o‘ziga ep ko‘rmasligini ko‘rdim.
Ko‘kat sotuvchi qo‘lida banan ushlab turgan holda bolasini kutayotganini, bola otasini ko‘rgan zahoti bag‘riga otilganini, unga banan keltirganidan nihoyatda xursand bo‘lganini ko‘rdim.

Avtobus haydovchisi ayoliga qo‘ng‘iroq qilib, maosh olganini, safarga chiqish uchun kerakli narsalar va bolalarni tayyorlashni so‘raganini ko‘rdim.

Shunda men, cho‘ntakning bo‘shligi emas, qalbning kambag‘alligi haqiqiy faqirlik ekanligini angladim. Qalbning boy bo‘lishi aqlning boy bo‘lishidan afzalligini tushundim. Men darajalarning tengligidan ko‘ra, qalblar bir - biriga monandligi zarurroq deb hisoblaydigan bo‘ldim.

Mustahkam oila qurish, baxt - saodat uchun taraflar o‘qimishli, boy bo‘lishi shart emas. Allohdan chindan qo‘rqadigan qalb sohibi bo‘lishi kifoya!


Албатта якинларингизга улашинг
Каналимизга обуна бўлинг

Албатта якинларингизга улашинг

ОИЛАМ БАХТИМ➜OILAM BAXTIM

Каналимизга обуна бўлинг

•┈•┈•┈•❁ ❁•┈•┈•┈•
https://t.me/+nzzb-B5NTyEzMjE6
•┈•┈•┈•❁ ❁•┈•┈•┈•