Get Mystery Box with random crypto!

31-avgust O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e'l | Harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari

31-avgust O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e'lon qilingan kun!

1990-yil 20-iyunda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Soveti o‘n ikkinchi chaqiriq II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Aynan Mustaqillik Deklaratsiyasi O‘zbekistonning mustaqilligi sari tashlangan juda muhim va zalvorli qadam bo‘ldi.

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzasi tinglandi. Sessiyada "O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida" Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.

@ohtmuz