Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ik | TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

18-avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unga ko‘ra, Turkiya terma jamoasi 145 ta oltin, 107 ta kumush va 89 ta bronza — 341 ta medal bilan birinchi, O‘zbekiston terma jamoasi 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza — jami 158 ta medal bilan ikkinchi, Eron esa 39 ta oltin, 44 ta kumush va 50 ta bronza — 133 ta medal bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Barcha sportchi yigit-qizlarimizni jamoamiz nomidan tabriklaymiz! Bugun, 19-avgust kuni soat 20:30 da Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni tantanali kutib olish rejalashtirilmoqda. Bunga barcha yurtdoshlarimizni, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni taklif qilamiz. Kutib olishning aniq vaqti yana qo‘shimcha ma‘lum qilinadi.

@alisher_sadullaev