Get Mystery Box with random crypto!

Kitobxonlik tanloviga marhamat! Adliya vazirligi tomonidan a | TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

Kitobxonlik tanloviga marhamat!

Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari va muassasalari xodimlari o'rtasida “Adliya kitobxonlari chempionati” tanlovini tashkil etilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar o‘zi o‘qigan ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlarining kamida bittasi to‘grisida taqriz yozib, “Virtual adliya” tizimi “Suhbat” bo‘limi orqali Adliya vaziri maslahatchisi Sh.Sagatovaga yuborishi lozim.

Tanlovga kelib tushgan materiallar komissiya tomonidan baholanadi. Baholash jarayonida ishtirokchining kitobxonlik borasidagi qobiliyatiga, tanlangan kitobning dolzarbligiga hamda xodimlarning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirishga ko‘maklashish ahamiyatiga ega ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tanlov g'oliblari esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi!

Tanlovda Siz ham faol ishtirok eting!

Qo'shimcha ma'lumot uchun: @JuraboyevKomil telegram manzil (93-224-86-61)

@TDYU_Manaviyat